Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev respublikani rivojlantirish dasturi ustidagi ishlarni yakunlash uchun qisqa muddatli ta’tilga chiqdi, deb yozadi “TASS” Qirg‘iziston davlat rahbari matbuot xizmatiga tayanib.
“Prezident 2017-yil 30-oktabrdan qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqdi. Ta’til chog‘ida prezident Qirg‘iziston Respublikasini 2040-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlantirish milliy strategiyasi loyihasining yakuniy varianti ustida ishlaydi”, — deyiladi xabarda.
Atamboyevning vakolatlari joriy yilning 1-dekabrida tugashi kerak. Prezident lavozimida uning o‘rnini 15-oktabrdagi saylovlarda qariyb 55 foiz ovoz to‘plagan Sooronbay Jeenbekov egallaydi.
Izoh (0)