Saudiya Arabistonida 2018-yildan ayollarga mamlakat stadionlaridagi sport tadbirlariga borish uchun ruxsat beriladi, deb yozadi “Korrespondent.net” Arab News’ga tayanib.
“Bosh sport boshqarmasi Ar-Riyod, Ad-Dammom va Jiddadagi standionlarni qayta jihozlab, ularni 2018-yildan boshlab oilalarni qabul qilishga tayyorlash bilan shug‘ullanadi”, — dedi muassasa rahbari Turkiy ash-Shayx.
Avvalroq Saudiya Arabistoni podshohi Salmon ibn Abdulaziz as-Saud ayollarga haydovchilik guvohnomasi olish va avtomobil boshqarishga ruxsat beruvchi farmonni imzolagani xabar berilgan edi.
Izoh (0)