AQSh, Koreya Respublikasi va Yaponiyaning oliy qo‘mondonlari 29-oktabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan uch tomonlama maslahatlashuvlarda Koreya yarim orolidagi inqiroz, shuningdek, o‘z qurolli kuchlarining tezkor qo‘shiluvchanligini oshirish yo‘llarini muhokama qildi, deb yozadi “TASS”.
Uchrashuv AQSh qurolli kuchlari Tinch okeani qo‘mondonligining Gavayidagi qarorgohida bo‘lib o‘tgan. Uni shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi Jozef Danford chaqirdi.
Muzokaralarda “Shimoliy Koreya tomonidan tobora gij-gijlovchi xususiyatga ega bo‘lib borayotgan yadro va raketa tahdidlariga javob beruvchi uch tomonlama hamkorlik” haqida gap borgan. Shimoliy Koreya tomonidan yaqinda uchirilgan uzoq masofali raketalar va o‘tkazilgan yadroviy sinovlar Vashington, Seul va Tokio tomonidan “BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasining qo‘pol buzilishi” deb baholanishi aytildi. Tomonlar “bir-biri bilan to‘liq muvofiqlashgan holda bunday harakatlarga qat’iy javob berishga” kelishib oldi.
Izoh (0)