Yadro portlashi chog‘ida bitta elektrmagnit impuls AQSh aholisining 90 foizi halokatiga olib kelishi mumkin. Bu haqda AQSh Kongressi uchun tayyorlangan maqolada aytiladi, deb yozadi Kazakhstan Today.
Hujjatda aniqlik kiritilishicha, atom bombasi elektronikani ishdan chiqaradigan elektrmagnit impulsni hosil qiladi. AQSh hududi ustida atmosferadan tashqarida yuz bergan kuchli yadro portlashi butun bir qit’ani elektr tokidan uzib qo‘yishi va aviahalokatlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Shu munosabat bilan ma’ruza mualliflari ogohlantiradi: “Xavf tug‘dirish uchun Shimoliy Koreyaga qit’alararo ballistik raketalar kerak emas. Pxenyan yadro qurolini Janubiy qutb mintaqasi osmoniga olib chiqish uchun o‘z eltuvchi raketalaridan foydalanishi va uni AQSh ustida portlatishi mumkin. Bu yuqori chastotali elektrmagnit impulsga olib keladi. Natijada elektr energiyasi tizimi noaniq davrga o‘chadi, bu esa bir yil ichida AQSh aholisining 90 foizi halok bo‘lishiga sababchi bo‘ladi”.
Izoh (0)