30-oktabrning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

YouTube kadri (Islom Karim0v) va “Kun.uz” fotosidan (Pyotr Karimov) “Daryo” kollaji

1. Xorazm, Qoraqalpog‘iston va Navoiy “bajarib bo‘lgan” paxta rejasini qaytadan bajaradi. Ulardan tashqari yana besh viloyat paxta hosiliga qo‘shib yozgan. Jizzax, Toshkent viloyatlari hokimlari shu sabab ishdan ketdi.

2. Jasur Ibrohimovning o‘limida aybdor deb topilgan Islombek To‘laganov 6 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Jabrlanuvchi tomon jinoyat guruh bo‘lib sodir etilganini, shu bois barcha ishtirokchilar jazolanishini so‘ragan edi.

3. O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimovning farzandlari uch nafar bo‘lgani haqida ilk bor rasmiy ma’lumot berildi. OAV ma’lumotiga ko‘ra, uchinchi deyilayotgan, aslida to‘ng‘ich farzandning ismi — Pyotr.

4. 2018-yildan boshlab O‘zbekiston Oliy Ligasida 12 ta futbol klub qoladi. Qolganlar — katta ehtimol bilan, “Neftchi” (Farg‘ona) bilan “So‘g‘diyona” (Jizzax) — quyi ligaga surgun bo‘ladi.

5. Kunning bosh mavzusiga sabab bo‘lganlar — bir suratda: Toshkent viloyatining barcha hokimlari va Jizzax viloyatining barcha hokimlari.