Avva xabar berilganidek, 27-oktabr kuni jinoiy ishlar bo‘yicha Mirobod tuman sudida Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji o‘quvchisi Jasurbek Ibrohimovning o‘limi yuzasidan ish ko‘rilishi davom etdi .Unda jabrlanuvchi tomonning advokati Lola Ismoilova rasmiy tergovdan ahamiyatli tarzda farqlanuvchi, o‘zi mustaqil olib borgan tekshiruv natijalarini ma’lum qildi, deb yozadi “Nuz.uz”. U huquq-tartibot organlari ishida bir qator xatoliklarni aniqladi, shuningdek, ushbu jinoiy ish bo‘yicha yangi faktlarni oshkor etdi.

Foto: “Nuz.uz”

Advokat Ismoilova ayblov faqat mushtlashuvning bevosita ishtirokchilari ko‘rsatmalariga asoslanganini, ammo tergov organlarida dalil bazasini qidirish zonasini kengaytirish uchun keng imkoniyatlar bo‘lganligini ta’kidladi. Advokatning so‘zlariga ko‘ra, ko‘p sonli guvohlarning ko‘rsatmalari tahlil qilinmagan, na videokuzatuv kameralaridagi yozuvlar, na nizo ishtirokchilari uyali telefonlaridagi suhbatlar ishga ilova qilingan.

So‘ng Ismoilova go‘yoki, sudlanuvchi Islombekda bo‘lgan shikastlanishlar ekspertizasi noto‘g‘ri o‘tkazilganligini qayd etdi. U shuningdek, sud e’tiborini Borovskiy nomli tibbiyot kollejidan berilgan rasmiy hujjatlarning qalbakilashtirilganiga qaratdi.

Advokat Ismoilova ta’kidlashicha, ish materiallarida kollej o‘quvchilarining ko‘rsatmalari bo‘lib, ularga ko‘ra, marhum Jasurbek Ibrohimovni kamida ikki kishi — To‘laganov Islom va Po‘latov O‘lmas do‘pposlagan. Advokat, shuningdek, hodisa ishtirokchilarining barchasi dastlabki tergov va sud organlarini yanglishtirishga uringanligiga sud diqqatini qaratdi.

Yakunda advokat Ismoilova mazkur ishni shaxslar guruhi tomonidan odamning o‘limiga olib kelgan og‘ir tan jarohatlari berilishi deb baholash kerakligini aytdi. Chunki Po‘latov O‘lmasning xatti-harakatlari To‘laganov Islombekning sherigi deb baholanishi kerak bo‘lgan. Nizoning qolgan barcha kuzatuvchilarini advokat kamida sodir etilgan og‘ir jinoyat haqida ma’lum qilmaganlik va uni yashirganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortishni so‘ramoqda.