O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov rahbarligida 30-oktabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Toshkent viloyati hokimi Shukrullo Boboyev o‘z lavozimidan ozod etilgani ma’lum bo‘ldi. Xabar berishlaricha, 2016-yil dekabrida viloyat rahbari etib tayinlangan Boboyev paxta terimi vaqtida hosilni qo‘shib yozishga yo‘l qo‘ygani uchun ishdan olingan.

Qayd etish joiz, birgina 2016-yilning o‘zida Toshkent viloyatiga to‘rt kishi hokimlik qildi. Viloyatning yangi rahbari etib tayinlangan G‘ulomjon Ibragimovdan avvalgi uch hokimning birortasi bir yil ham ishlamadi. G‘ulomjon Ibragimov Toshkent viloyati hokimi lavozimini bajarishga kirishgan 13-amaldor bo‘ldi.

Foto: “Daryo”