Toshkent viloyat hokimi Shukrullo Boboyev va Jizzax viloyat hokimi Ulug‘bek Uzoqov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ishdan olindi. Bugun, 30-oktabr kuni bosh vazir Abdulla Aripov ishtirokida o‘tkazilgan videoselektorda ushbu hokimlar lavozimdan ozod etilgani ma’lum qilindi, deb xabar berdi “Telegraf.uz”.

Foto: “O‘zbekiston” / UzReport

Hokimlarning ishdan olinishiga 2017-yilgi paxta mavsumida ushbu viloyatlarda hosil qo‘shib yozishga yo‘l qo‘yilgani sabab bo‘lgan.

Shuningdek, xuddi shu sabab bilan Toshkent viloyat prokurori Jamshid Fayziyev hamda Jizzax viloyat prokurori Azimjon Ergashev ham lavozimdan ozod etilgan.