Mirobod tuman sudi 30-oktabr, dushanba kuni Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji o‘quvchisi Jasurbek Ibrohimovning o‘limi yuzasidan Islombek To‘laganovni olti yilda ozodlikdan mahrum etish bo‘yicha hukm chiqardi, deb xabar berdi “Gazeta.uz”.

Foto: “Gazeta.uz”

Islom To‘laganov (1999-yilda tug‘ilgan) iyun oyi boshida kollejning boshqa bir o‘quvchisi, marhum Jasurbek Ibrohimovga og‘ir tan jarohati yetkazganlikda ayblanib, hibsga olingan edi.

Jasurbekning onasi o‘g‘lining o‘limi bo‘yicha tergov olib borishda huquq-tartibot idoralarining harakatsizligidan shikoyat qilib ochiq xat bilan Shavkat Mirziyoyevga murojaat etganidan keyin, tergov ishini shaxsan O‘zbekiston bosh prokurori Ixtiyor Abdullayev o‘z nazoratiga olgandi.

3-may kuni Jasurbek Ibrohimovga yetkazilgani jarohatlar sababli Jinoyat Kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) alomatlari bilan jinoyat ishi ochilgan.

“Sud jarayoni davomida 1999-yilda tug‘ilgan Islombek To‘laganov ‘jabrlanuvchining o‘limiga olib keluvchi qasddan jarohat yetkazish’ jinoyatini sodir etishda aybdor deb topildi va olti yilga ozodlikdan mahrum etildi”, — dedi raislik qiluvchi sudya Matchonboy Matchonov.

Keltirilgan moddada sakkiz yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum etishni ko‘zda tutilgan, voyaga yetmagan uchun — yetti yilgacha.

Sud Islombek To‘laganov Ibrohimov bilan yuzaga kelgan mojaroda qo‘l va oyoqlari orqali marhumning boshiga, qorni va orqasiga jiddiy jarohat yetkazganini aniqladi. Olingan jarohatlar tufayli Jasurbek Ibrohimov bir oy davomida beshta operatsiyani boshidan o‘tkazdi, biroq shifokorlar uning jonini saqlab qola olmagan.