Jizzax viloyati hokimi Ulug‘bek Uzoqovning iste’foga chiqarilgani 30-oktabr kuni ma’lum bo‘ldi — u paxta terimi vaqtida hosilni qo‘shib yozishga yo‘l qo‘ygani uchun ishdan olingan. Uzoqov Jizzax viloyatiga eng qisqa muddat — to‘liqsiz 11 oy rahbarlik qilgan hokim bo‘ldi.

Viloyatga hokimlik qilish bo‘yicha rekord 2016-yil dekabrida iste’foga chiqarilgan Sayfiddin Ismoilovga tegishli — hududga yetti yildan ziyod boshchilik qilgan. Undan keyingi o‘rinda — qariyb 5,5 yillik ko‘rsatkich bilan Ubaydulla Yaxshiboyevich Yamanqulov.

Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga uzoq vaqt davomida hokimlik qilganlar reytingida uchinchi — O‘zbekistonning amaldagi Prezidenti 1996-yil oktabridan 2001-yil sentabriga qadar Jizzaxga rahbar bo‘lgan.

Foto: “Daryo”