• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Xorazm, Qoraqalpog‘iston va Navoiy “bajarib bo‘lgan” paxta rejasini qaytadan bajaradi. Ulardan tashqari yana besh viloyat paxta hosiliga qo‘shib yozgan

    O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirokida 30-oktabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida 2017-yilgi terim mavsumida paxta hosiliga qo‘shib yozish holatlari muhokama qilingan.

    Avvalroq, 30-oktabr kuni aynan shu sabab bilan Jizzax va Toshkent viloyatlari hokimlari lavozimidan ozod qilingani ma’lum qilingan edi. Bundan tashqari, har ikkala viloyat prokurorlari ham ishdan ketgan.

    Mavzuga doir: Jizzax va Toshkent viloyati hokimlari ishdan olindi. Ular paxta hosiliga qo‘shib yozishda ayblandi

    “Daryo” manbasi taqdim etgan axborotga ko‘ra, qo‘shib yozish holatlari boshqa hududlarda, xususan, 2017-yilgi paxta rejasini birinchilardan bajargani xabar qilingan Xorazm viloyati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Navoiy viloyatida ham qayd etilgan.

    Xorazm viloyati paxtakorlari belgilangan 250 400 tonnalik rejani 13-oktabr kuni bajarib bo‘lgani, buning sharafiga viloyat dehqonlari 15-oktabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan “ikki karra qahramon” deya olqishlangani haqida xabar berilgan edi.

    Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda birinchi bo‘lib paxta bo‘yicha shartnoma majburiyatini bajargan Xorazm dehqonlarini “ikki marta qahramon” deb atadi

    Paxta terimining 28-oktabr kungi holati bo‘yicha hisobotda ham Xorazm viloyati shartnoma rejasini 106,01 foizga (265 442 ming tonnaga) bajarib, hududlar orasida peshqadam bo‘lib turgani ma’lum qilingan edi. Biroq, qo‘shib yozish holatlari aniqlanib, ular hisobdan chiqarilgach, Xorazm viloyati paxta rejasini 30-oktabr holatiga ko‘ra faqat 93,52 foizga (234 182 tonna) bajargani ma’lum bo‘ldi; viloyat bu ko‘rsatkich bo‘yicha respublika hududlari orasida 5-o‘ringa tushib ketdi.

    Qoraqalpog‘iston Respublikasining ko‘rsatkichi, qo‘shib yozish holatlari aniqlanguniga qadar, 28-oktabr holatiga ko‘ra — 193 050 tonna (186 200 tonnalik reja 103,68 foizga bajarilgan) edi. Biroq 30-oktabrdagi hisobotda Qoraqalpog‘iston rejani bajarishi uchun hali yana 2 ming tonna paxta terishi kerakligi ko‘rsatilgan.

    Avvalroq paxta rejasini uchinchi bo‘lib bajargani aytilgan Navoiy viloyati qo‘shib yozilgan raqamlar chiqarib tashlangach ham “finish arafasida” uchinchi bo‘lib turibdi — 28-oktabr holatiga ko‘ra viloyat rejani 954 tonna ortig‘i bilan bajarib bo‘lgan edi, biroq endi, 30-oktabr holati bo‘yicha, yana 2 355 tonna paxta terish kerak.

    30-oktabrdagi ko‘rsatkichlari 28-oktabrdagi natijalaridan sezilarli kamayib qolgan hududlar orasida, Xorazm (-31 ming tonna farq), Qoraqalpog‘iston (-8,8), Navoiy (-3,3)dan tashqari, Buxoro (-19,5), Andijon (-12), Surxondaryo (-2,1), Jizzax (-11,2) va Toshkent (-23) viloyatlari ham bor.

    Qayd etilganidek, qo‘shib yozish holatlariga yo‘l qo‘ygani uchun, Toshkent va Jizzax viloyatlari hokimlari ishdan olindi. Qolgan hududlarning rahbarlariga nisbatan qanday chora ko‘rilgani yoki ko‘rilishi haqida hozircha rasmiy axborot yo‘q.

    30.10.2017, 19:44   Izoh (0)   82262
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Jizzax viloyatining barcha hokimlari — bitta suratda

    30.10.2017, 18:32

    OAV: Islom Karimovning birinchi turmushidan Pyotr ismli o‘g‘li bor

    30.10.2017, 18:08

    Moziydan video: Shavkat Mirziyoyev — mustaqillik yillarida Toshkent viloyatiga barakali hokim nasib etmagani haqida

    30.10.2017, 17:41

    O‘zbekistonda dollar kursi 8,51 so‘mga oshib, 8 078,12 so‘mga yetdi

    30.10.2017, 17:27

    Toshkent viloyatining barcha hokimlari — bitta suratda

    30.10.2017, 17:01

    “Toshkent—Andijon—O‘sh—Irkeshtom— Koshg‘ar” yo‘nalishi bo‘ylab ilk avtokarvon yo‘lga chiqdi

    30.10.2017, 16:28
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Eron Isroil hujumlarida shikastlangan havo mudofaa tizimlarini yangiladi

    Dunyo | 20 iyul, 23:05

    Ko‘kdaladagi portlash: voqea joyidan kechikkan reportaj

    O‘zbekiston | 20 iyul, 22:41

    Ilon Mask bolalar uchun Baby Grok ilovasini ishga tushiradi

    Dunyo | 20 iyul, 22:30

    Avtoritar tizim o‘zgarmaguncha Gruziya Yevropa Ittifoqiga qo‘shila olmaydi — YI parlamenti

    Dunyo | 20 iyul, 22:10

    Yaponiyada qutqaruv ishlari uchun 3 metrli robot yaratiladi

    Dunyo | 20 iyul, 21:40

    Janubiy Koreyada suv toshqinlari va ko‘chkilar sabab halok bo‘lganlar soni 14 nafarga yetdi (video)

    Dunyo | 20 iyul, 21:10

    “Real” navbatdagi shov-shuvli transferni amalga oshirishi mumkin

    Sport | 20 iyul, 20:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.