Somali poytaxti Mogadishoda prezident saroyi yaqinida joylashgan Nasa-Hablod 2 mehmonxonaga uyushtirilgan hujum qurbonlari soni 27 kishiga yetdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Oldinroq qurbonlar soni o‘n kishini tashkil etgani ma’lum qilingan edi.
Mamlakat axborot vaziri Muhammad Umar Usmon voqea tufayli politsiya va razvedka boshliqlari iste’foga chiqarilganini ma’lum qildi.
Hujumni besh nafar terrorchi uyushtirdi. Ularning ikki nafari o‘zini portlatib yubordi. Uch nafari politsiya tomonidan qo‘lga olindi.
Izoh (0)