Ukraina bosh prokurori Yuriy Lutsenko Mixail Saakashvilini hibsga olish va Gruziyaga badarg‘a qilish uchun hujjatlar to‘plash jarayonini boshlab yubordi. Bu haqda Saakashvilining o‘zi Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi, deb xabar beradi “Vedomosti”.
Saakashviliga ko‘ra, uni “prezidentligi davridagi harakatlari uchun” Gruziyaga topshirishmoqchi.
“Chindan ham, bu aynan Lutsenko shug‘ullanishi lozim bo‘lgan masala, u axir prezidentlik davridagi ishlarimni ipidan ignasigacha biladi. Yuriy Vitalyevich, kamtarona mehnatimni shunchalik yuqori baholaganingizdan minnatdorman”, — degan yozuv qoldirdi Saakashvili.
Eslatib o‘tamiz, 24-oktabr kuni Ukraina migratsiya xizmati Saakashviliga qochqin maqomini berishni rad etdi. Siyosatchi bu qaror ustidan sudga shikoyat yo‘lladi va qaytadan siyosiy boshpana so‘radi.
Izoh (0)