Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisiy mamlakat bosh shtabi va milliy xavfsizlik xizmati rahbarlari, shuningdek, IIV yuqori martabali zobitlarini iste’foga chiqardi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Muрammad Xigaziy Misr armiyasi bosh shtabining yangi rahbari etib tayinlandi. Uning o‘tmishdoshi prezidentning strategik rejalashtirish bo‘yicha maslahatchisi lavozimini egallagani bildirilmoqda.
Misr mudofaa va ichki ishlar vazirliklaridagi mansab o‘zgarishlari Qohira janubidagi sahroda terrorchilar hukumat kuchlariga hujum uyushtirganidan so‘ng amalga oshirildi.
20-oktabr kuni yuz bergan qurolli to‘qnashuvda terrorchilar ikki zirhli mashinani yo‘q qildi, 58 nafar IIV hamda Milliy xavfsizlik kuchlari zobiti va askari o‘ldirildi.
Izoh (0)