Kuba hududida shakllangan “Filipp” tropik po‘rtanasi Florida yo‘nalishida harakatlanmoqda. Bu haqda AQSh dovullarni kuzatish milliy markazi ma’lum qildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
“‘Filipp’ tropik po‘rtana darajasigacha kuchaydi. Kubaning markaziy va g‘arbiy hududlarida kuchli yomg‘irlar kuzatilmoqda, ular shimolga — Florida-Kis arxipelagi va Janubiy Florida tomon harakatlanmoqda”, — deyiladi xabarda.
Meteorologlarga ko‘ra, po‘rtana soatiga 47 kilometr tezlikda harakatlanmoqda. Uning markazidagi shamol shiddati soatiga 64 kilometrga yetmoqda.
Izoh (0)