Rossiya FVVning Il-76 samolyoti Shpitsbergen oroli yaqinida g‘oyib bo‘lgan Mi-8 vertolyotini qidirish ishlariga qo‘shilish uchun Norvegiyaning Svalbard aeroportiga qo‘ndi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Operativ guruhdan “Sentrospas” otryadi va “Lider” markazining g‘avvos-qutqaruvchilari o‘rin oldi.
Il-76 qidiruv-qutqaruv hududiga yuqori texnologiyali jihozlar, jumladan, bir kilometrgacha chuqurlikda qidiruv ishlari uchun mo‘ljallangan Falcon qurilmasini yetkazdi. Qutqaruvchilar kompressor, motor qayiqlar va suv ostida ishlash uchun zarur g‘avvoslik jihozlari bilan ta’minlangan.
Rossiyaning Mi-8 vertolyoti Shpitsbergen oroli yaqinida 26-oktabrda halokatga uchradi. Uning bortida sakkiz kishi, jumladan, Arktika va Antarktika ilmiy-tekshirish institutining uch xodimi bo‘lgan.
Izoh (0)