Yamandagi “Ansor Alloh” isyonkor harakati (xusiylar) Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Abu-Dabiga hujum qilib, Saudiya Arabistonidagi jangovar harakatlar hududini kengaytirish haqidagi tahdidlar bilan chiqdi, deb yozadi “TASS”. Bu haqda xusiylar harakatining rasmiy vakili Muhammad Abdul Salom ma’lum qilgan.
“Abu-Dabi — bizning asosiy harbiy maqsadimiz va raketalarimiz uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri nishon”, — dedi u.
Bundan tashqari, Abdul Salomning so‘zlariga ko‘ra, “Ansor Alloh” otryadlari “Saudiya Arabistoni bilan chegaradagi jangovar harakatlarni kuchaytiradi va ularni qirollik hududida olib boradi”.
Izoh (0)