Kataloniyaning “Barselona” klubi “Real”ning braziliyalik hujumchisi Rodrigo Goesga qiziqish bildirmoqda. UOL nashrining yozishicha, “ko‘k-anorranglilar” futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish uchun kurashga kirgan.

Manbaga ko‘ra, Kataloniya klubi 24 yoshli braziliyalik futbolchiga qiziqayotganini vositachilar orqali bildirgan. Agar Rodrigo “Real”ni tark etishga qaror qilsa, “Barselona” muzokaralarga tayyorligini ma’lum qilgan.
Rodrigoning kelajagi borasidagi savollar so‘nggi haftalarda ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. U Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida asosan zaxirada qoldirildi. Ushbu futbolchini jamoada ketishga sabab bo‘lishi mumkin.
Hozirda Rodrigoga “Liverpul”, “Arsenal” va Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” jamoalari qiziqish bildirmoqda.
Izoh (0)