2019-yil oxiriga qadar Moskva shahri markazida O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovga haykal o‘rnatiladi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.
Moskva meri Sergey Sobyanin farmoniga ko‘ra, monument Bolshaya Polyanka ko‘chasidagi shu nomli xiyobonda joylashadi.
Yodgorlikni loyihalashtirish, yasash va o‘rnatish xarajatlarini Islom Karimov nomidagi xayriya jamg‘armasi taqdim etadi.
Izoh (0)