O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28-oktabr kuni Toshkent shahrining Shayxontohur tumaniga tashrif buyurishi kutilmoqda. Bu haqda “Telegraf.uz” xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, tumanga tashrif davomida Prezident qurilishi boshlangan Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazi hududida ham bo‘ladi.
Avvalroq, 27-oktabr kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Shayxontohur tumanida bo‘lib, Tashkent City hududidagi qurilish ishlari bilan tanishgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)