Kataloniya mintaqaviy hukumat rahbari Karles Puchdemon mahalliy parlamentni tarqatib yuborishdan bosh tortdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Referendumda mintaqa aholisining ko‘pchiligi mustaqillikni yoqlab ovoz bergan edi. Mustaqillik haqidagi hujjat mintaqa parlamenti tomonidan qabul qilinishi lozim. Shu bois federal hukumat ushbu tuzilmani tarqatib yubormoqchi.
26-oktabr kuni parlamentda qilgan chiqishida Puchdemon oxirgi soatga qadar navbatdan tashqari saylov chaqirilishini kutganini ta’kidladi.
“Kafolat kutgan edim, ammo Xalq partiyasi hukumatidan tuzuk javob eshitmadim”, — dedi u.
Shuningdek, jeneralitat (hukumat) prezidenti parlamentariylarni Madridning konstitutsiya 155-moddasini faollashtirish maqsadiga javob berishga chaqirdi.
Ushbu modda federal hukumatga mintaqa parlamentini tarqatib yuborib, qayta saylov o‘tkazish huquqini beradi.
Izoh (0)