AQSh prezidenti Donald Tramp Hillari Klinton saylovoldi shtabi va Milliy demokratik qo‘mitaning unga qarshi ma’lumotlar to‘plashni moliyalashtirganini “sharmandalik” deb atadi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
“Bu sharmandalik. Mamlakatimizda siyosatning ahvoliga o‘ta achinarli izoh. Ular bu soxta ma’lumotlar bilan nimalar qilgani, shuncha pul sarflaganidan faqat afsuslanish mumkin. Hillari va uning odamlari ham avval shu ishga qo‘l urganlarini inkor etishgandi. Endi esa nima deyishni bilmay, juftakni rostlashyapti”, — dedi Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida.
Trampning Rossiya bilan aloqalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Fusion GPS firmasi tomonidan yollagan Britaniya maxsus xizmatlari sobiq agenti Kristofer Stil to‘pladi. Ular 11-yanvarda, Trampning inauguratsiyasidan 9 kun avval BuzzFeed nashri tomonidan e’lon qilindi.
Hozirda mazkur ma’lumotlarni Senatning razvedka qo‘mitasi o‘rganmoqda, ammo Stil senatorlar oldida ko‘rsatma berishdan bosh tortgani tekshiruvni boshi berk ko‘chaga kiritib qo‘ydi.
Izoh (0)