25-oktabrning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. Shavkat Mirziyoyevni Anqaradagi Prezident saroyida rasmiy kutib olish marosimidan reportaj. Turkiyaga ham “Burhon”da uchgan Prezident Mirziyoyev Otaturk qabrini ziyorat qildi, Erdo‘g‘on bilan muzokaralar o‘tkazdi, turkiyalik askarlarni turk tilida olqishladi.
2. Foto: Namanganda sotuvchilari paxtaga chiqmagan do‘kon muhrlandi. Darhaqiqat, Namanganda faqat o‘qituvchi va shifokorlarning paxta terimiga chiqmasligi haqida gap bo‘lgandi, tadbirkor va sotuvchilarning emas.
3. Dmitriy Medvedev O‘zbekistonga rasmiy tashrif uyushtiradi. O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan muzokaralar 2-noyabrga mo‘ljallangan.
4. Toshkent yuridik kollejidagi pichoqbozlik sabablari ma’lum bo‘ldi. Jabrlanuvchi Rahmatilla Yorqoriyevning so‘zlariga ko‘ra, Saidkamron Saidvohidov uning boshiga baklajka otib qolganligi sabab kelishmovchilik yuzaga kelgan.
5. Toshkentda kuyov o‘zidan 14 yosh katta qaynotasini do‘pposladi. Endi u besh yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Izoh (0)