Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya birinchi prezidenti Mustafo Kamol Otaturk hoki qo‘yilgan Anitkabir yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Mustafo Kamol Otaturk o‘z vatanining milliy istiqloli uchun kurashgan va Turkiya Respublikasiga asos solgan inson sifatida qadrlanadi. Anitkabir yodgorlik majmuasi uning davlat va xalq oldidagi xizmatlariga hurmat ifodasi sifatida bunyod etilgan.

O‘zAning yozishicha, 750 kvadrat metr maydonni egallagan majmua maqbara, muzey, bog‘ va boshqa obyektlarni o‘z ichiga olgan.

“Shavkat Mirziyoyev buyuk davlat va siyosat arbobi Mustafo Kamol Otaturk qabriga gul qo‘yib, uning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdi”, — deya xabar bermoqda agentlik.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rim papasi Putin va Zelenskiyga murojaat yo‘lladi
Sport
APL. “Manchester Siti” 9 ta gol urilgan derbida “Manchester Yunayted”ni tor-mor etdi. Holand va Fodendan het-trik
Sport
Superliga. “Nasaf” Toshkentda “Paxtakor”ni mag‘lub etib, yakka peshqadamga aylandi