25-oktabr kuni davlat tashrifi bilan Turkiyaga kelgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Anqaradagi Prezident saroyida rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosim davomida Mirziyoyev va Erdo‘g‘on faxriy qorovul oldidan o‘tdi. O‘tish davomida O‘zbekiston Prezidenti turkiyalik askarlarni: “Merhaba Asker!”, deb turkchasiga olqishladi.
Avval xabar berilganidek, O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari tor doirada va kengaytirilgan tarkibda muzokaralar o‘tkazib ulgurdi.
Izoh (0)