O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on o‘rtasidagi muloqot kengaytirilgan tarkibda davom ettirildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, muzokaralarda rasmiy delegatsiyalar a’zolari, vazirlik va yirik kompaniyalar rahbarlari ishtirok etgan.
Muzokarada O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilingan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekisto Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiya davlat tashrifi 25-oktabr kuni boshlandi. Tashrif 26-oktabrda ham davom ettiriladi.
Izoh (0)