Kolumbiya rasmiylari yil boshidan beri 337 tonna kokainni musodara qildi. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Luis Karlos Vilegas ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
“2016-yilda 363 tonna kokain olib qo‘yilgandi. Bu yil hozirgacha xavfsizlik kuchlari 337 tonna kokainni musodara etishga ulgurdi”, — dedi Vilegas.
Kolumbiya Peru va Boliviya qatori dunyo “qora” bozoriga kokainning asosiy yetkazib beruvchilaridan hisoblanadi. Mamlakatda noqonuniy koka ekinlari maydoni taxminan 100 ming gektar baholanadi.
Izoh (0)