Iroq Kurdistoni mustaqillik to‘g‘risidagi referendum natijalarini muzlatishga tayyor. Bu haqda avtonomiya hukumati saytida joylashtirilgan bayonotda ma’lum qilindi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
“Kurdiston xalqi oldidagi majburiyatlarimizni bajarish uchun Iroq hukumati, xalqi va jahon jamoatchiligiga quyidagilarni taklif etamiz: 1. O‘t ochishni zudlik bilan to‘xtatish va Kurdistondagi barcha harbiy operatsiyalarga chek qo‘yish. 2. Iroq Kurdistonida o‘tkazilgan referendum natijalarini muzlatish. 3. Kurdiston mintaqaviy hukumati va Iroq federal hukumati o‘rtasida konstitutsiya asosida ochiq muloqotni boshlash”, — deyiladi bayonotda.
Kurdiston rasmiylariga ko‘ra, Iroq qo‘shinlari va kurd qurolli tuzilmalari — peshmerga o‘rtasida 16-oktabrda boshlangan mojaro “ikki tomonga ham zarar yetkazdi va to‘xtovsiz qon to‘kilishiga olib kelishi mumkin”.
Arbil Bag‘dodga o‘t ochishni to‘xtatish va muloqotni boshlashni taklif qildi
Izoh (0)