Politsiya AQSh prezidenti Donald Tramp tomon u Vashingtondagi Kapitoliy binosi yonidan o‘tib ketayotganda Rossiya bayroqchalarini uloqtirgan shaxsni qo‘lga oldi. Bu haqda ABC News ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
Hodisa 24-oktabr, seshanba kuni ro‘y berdi. Erkak o‘z harakatlari davomida “Tramp — bu xiyonat!” deya qichqirgani bildirilmoqda. Prezident bunga parvo qilmadi, politsiya ham darrov munosabat bildirmadi.
NBS telekanaliga ko‘ra, shu tariqa noroziligini bildirgan shaxs Rayan Kleyton bo‘lib, u “Amerikaliklar harakatda” guruhi vakili hisoblanadi. U iyulda Kongressda prezidentning maslahatchisi va kuyovi Jared Kushnerga ham Rossiya bayroqlarini uloqtirgandi.
Izoh (0)