Namibiya shimolidagi Etosha milliy bog‘ida karkidon brakonyerlarga tashlanib, ularni tum-taraqay qochirib yubordi, deb yozadi Daily Mail.
Go‘yoki bezgak, revmatizm va boshqa ko‘plab kasalliklarda yordam beruvchi xalqona dori tayyorlashda qo‘llanilgani uchun Osiyoda talabgir bo‘lgan karkidon shoxini sotish maqsadida ovlashga kelgan brakonyerlar u o‘zlariga yaqin kelganini sezmay qoldi, shu tufayli hayvon ularga birinchi bo‘lib hamla qila oldi. Ovchilar qocha boshladi, ammo ulardan biri qoqilib, yiqilib tushdi. Karkidon ovchiga yetib olib, uning oyog‘iga shikast yetkazdi.
Ovchilar yarador do‘stini yaqin oradagi g‘orga yashirib qo‘ydi, uni ertasi kuni politsiya axtarib topdi. U og‘ir oyoq travmasi bilan kasalxonaga yuborildi, ayni paytda huquq-tartibot organlari xodimlari nazorati ostida davolanmoqda.
Izoh (0)