Politsiya xodimlari pul undirish uchun odamlarni o‘g‘irlagan to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosidan iborat jinoyatchilar guruhini zararsizlantirishga muvaffaq bo‘ldi. Ularga nisbatan jinoiy ish ochildi, deb “Izvestiya” xabar bermoqda.
Markaziy Osiyo davlatlaridan birining fuqarosi Sankt-Peterburgning Kirov tumanidagi politsiya bo‘limiga murojaat qilib, uning tanishi noma’lum shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketilganini ma’lum qilgan.
“78” telekanalining qayd etishicha, qurol-yarog‘ tahdidi ostida erkakni mashinaga o‘tqazib olib qochishgan, ariza bergan shaxsdan erkakni 60 ming rubl miqdoridagi mablag‘ga sotib olish so‘ralgan.
Politsiya xodimlari to‘rt nafar tajovuzkorni tezkorlik bilan qo‘lga olishga muvaffaq bo‘ldi. Tergov davomida qo‘lga olingan Ford mashinasi tekshirilib, u yerdan olib qochilganlarning shaxsiy buyumlari va qon izlari aniqlangan.
Shuningdek, gumonlanuvchilarning biridan huquq-tartibot xodimlari pnevmatik qurolni tortib olgan.
Hozirda jinoiy guruhning barcha a’zolari qamoqda saqlanmoqda.
Izoh (0)