Afg‘oniston sharqida xavfsizlik kuchlari “Haqqoniy tarmog‘i” terroristik guruhining kamida 25 nafar jangarisini yo‘q qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Jangarilarga qarshi operatsiya erta tongda Paktika viloyatida o‘tkazilgan. Shuningdek, 30 nafar terrorchi jarohatlangan.
Afg‘oniston IIVning xabariga ko‘ra, operatsiyada tinch aholidan va xavfsizlik kuchlaridan hech kim jabrlanmagan.
Izoh (0)