Dalay-lama bilan aloqalarni davom ettiradigan har qanday mamlakat, hukumat yoki tashkilotning Xitoy bilan do‘stona aloqalariga putur yetishi mumkin. Bu haqda Xitoy kommunistik partiyasining XIX syezdida partiyaning markaziy qo‘mitasi Yagona front bo‘limi rahbarining o‘rinbosari Chjan Itszyun ma’lum qildi, deb yozmoqda “Kommersant”. Uning so‘zlariga ko‘ra, Dalay-lama bilan har qanday munosabat Xitoy suverenitetiga hurmatsizlik sifatida qaraladi.
Chjan Itszyun ta’kidlashicha, Dalay-lama bilan aloqalarni davom ettirish XXR hukumatining Xitoydagi yagona qonuniy hokimiyat ekanligini qisman tan olmaslik hisoblanadi. Shuningdek, u barcha mamlakatlar o‘z bayonotlarida va harakatlarida ehtiyot bo‘lishiga va Xitoy bilan do‘stligi haqida o‘ylab ko‘rishiga umid bildirgan.
Izoh (0)