AQShda maxsus dastur bo‘yicha o‘qigan va xizmatni so‘roqsiz tark etgan xorijiy harbiy xizmatchilardan deyarli yarmi Afg‘onistondan bo‘lgan. Afg‘onistonni tiklash bo‘yicha AQSh bosh inspektori hisobotida shu haqda so‘z boradi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
“Biz 2005-yildan beri AQShdagi o‘qishi davomida xizmatni tark etgan chet el harbiylaridan deyarli yarmi — 320 kishidan 152 nafari Afg‘onistondan bo‘lgani aniqlandi”, — deyiladi hisobotda.
Bosh inspektorga ko‘ra, 152 kishidan 70 nafari AQShni tark etgan, 39 kishi mamlakatda qonuniy maqomga ega bo‘lgan. 27 nafari qamoqqa olingan va badarg‘a qilingan. 13 kishining turar manzilini aniqlashning imkoni bo‘lmagan va atigi uch kishi o‘qishga qaytgan.
Xizmatni tark etgan tinglovchilardan aksariyati zobitlar, jumladan, ikki nafari polkovnik edi, biroq oralarida fuqaroviy mutaxassislar ham bo‘lgan.
Izoh (0)