Toshkent viloyati hududida 11-oktabrdan 18-oktabrga qadar — bir hafta davomida 126 ta jinoyat qayd etildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
Jumladan, viloyatda hafta davomida 2 ta qasddan odam o‘ldirish, 4 ta qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish, 1 ta bosqinchilik, 2 ta bezorilik, 1 ta talonchilik, 45 ta o‘g‘irlik, 9 ta firibgarlik, 4 ta giyohvandlik, 1 ta avtotransport vositasini olib qochish, 3 ta iqtisodiy va 54 ta boshqa turdagi jinoyatlar sodir etilgan.
Bu jinoyatlarning 110 tasi “issiq izi yo‘qolmasdan” fosh etilgan. Fosh etilmagan 1 ta bosqinchilik, 1 ta talonchilik, 14 ta o‘g‘rilik jinoyatlari bo‘yicha aybdorlarni qidirib topish bo‘yicha tergov va tezkor choralar ko‘rilmoqda.
Shuningdek, hafta davomida qidiruvda yurgan 23 nafar shaxslar ushlandi. Jumladan, ularning 2 tasi qasddan odam o‘ldirish, 1 tasi qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish, yana biri zo‘rlab nomusga tegish jinoyatlarini sodir etib, sud va tergovdan qochib yurgan edi.
Hafta davomida ilgari sodir etilib, ochilmagan jami 11 ta — 1 ta avtoulov olib qochish, 1 ta xavf ostida qoldirish, 9 ta o‘g‘rilik jinoyatlari fosh etilgan.
Izoh (0)