Surxondaryo viloyat IIB boshqa huquq-tartibot idoralari xodimlari bilan hamkorlikda Termiz tumanida tezkor tadbir o‘tkazdi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tumanning “Sabzipoya” mahallasida yashovchi Ch.X. mahalladoshi G.M.ning uyida “mijoz”ga qonunga xilof ravishda bir AQSh dollarini 8100 so‘mdan hisoblab, 6700 dollarini 54 million 270 ming so‘mga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan qo‘lga olindi.
Ch.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 177-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Izoh (0)