Toshkent viloyatida 11—18-oktabr kunlari oralig‘ida qidiruvda yurgan 23 nafar shaxs ushlandi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ular orasida O‘zbekistonning konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish va ommaviy tartibsizliklar uyushtirish gumoni bilan qidiruvga berilgan shaxs ham bor.
Viloyat IIB axborotida mazkur shaxsning qachon qidiruvga berilgani, qachon qo‘lga olingani, shaxsi haqida qo‘shimcha axborot berilmagan.
Izoh (0)