Qirg‘iziston prezidentligi saylovida So‘ranboy Jeenbekovga imkoniyatni boy bergan O‘murbek Bobonov uning mag‘lubiyati sabab xafa bo‘lib yig‘lagan qizaloq bilan uchrashdi, deb xabar berdi “KNews.kg”.
Sobiq nomzod qizaloqqa qo‘g‘irchoq va planshet sovg‘a qildi hamda unga samimiyligi uchun minnatdorchilik bildirdi.
Avvalroq Bobonovning mag‘lubiyatidan xafa bo‘lib, yig‘layotgan qizlarning videolari paydo bo‘lgan edi.
Izoh (0)