Moskva viloyatida yashovchi 21 yoshli Aleksandr Chusov Rossiya uchun rekord og‘irlikdagi oshqovoqni yetishtirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Buning uchun u maydoni 6 ga 8 metr bo‘lgan issiqxona qurdi. Oshqovoq yetilguncha o‘tgan yarim yil davomida issiqxonada maxsus harorat tartibi saqlandi. Natijada sabzavot 423 kilogramm tosh bosdi.
Bu oshqovoqni Rossiyada qachonlardir yetishtirilgan eng katta sabzavot sifatida tan olish uchun yetarli bo‘ldi, biroq mutloq dunyo rekordini yangilashga yetmadi. 2016-yilda belgiyalik fermer og‘irligi 1190 kilogramm bo‘lgan oshqovoqni yetishtirgandi.
Moskvada bo‘lib o‘tgan “Kuz ranglari” gullar, hosil va san’at festivali yakuni doirasida rekordchi oshqovoq kesilib, tadbir qatnashchilariga tarqatildi.
Izoh (0)