Janubiy Koreya va AQShning KXDR bo‘yicha maxsus vakillari uchrashuvlari davomida barcha manfaatdor tomonlarning Shimoliy Koreya yadro muammosi bo‘yicha harakatlarini muvofiqlashtirish haqida kelishib oldi. Bu haqda Janubiy Koreya TIV 20-oktabr, juma kuni ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”.
“Li Do Xun va Jozef Yun Seul—Vashington ittifoqi negizida asosiy sheriklar bilan hamkorlik zarurligi to‘g‘risida yakdil fikrga keldi. Xususan, Xitoy va Rossiyadan amaliy qadamlar qo‘yilishiga erishish uchun harakatlarni faollashtirish xususida kelishib olindi”, — deyiladi Janubiy Koreya TIV xabarida.
Tomonlar uchrashuv davomida Shimoliy Koreya yadro tahdidiga diplomatik vositalar, jumladan, sanksiyalar va bosim o‘tkazish yo‘li bilan qarshi turish yo‘llarini muhokama qildi.
Kuzatuvchilar uchrashuv AQSh prezidenti Donald Trampning Janubiy Koreyaga 7—8-noyabrga mo‘ljallangan tashrifi arafasida bo‘lib o‘tganiga e’tibor qaratdi.
Izoh (0)