Germaniya kansleri Angela Merkel va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Kataloniyaning mustaqilligi bo‘yicha referendum masalasida Madridni qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda “Interfaks” ma’lum qildi.
“Biz buni o‘ta diqqat bilan kuzatyapmiz va Ispaniya hukumatining bu boradagi yondashuvini qo‘llab-quvvatlaymiz. Albatta, bu bizni tashvishga solmoqda, Ispaniya konstitutsiyasiga asoslangan yechim topilishiga umid qilamiz”, — dedi Germaniya kansleri Angela Merkel Yevroittifoqning Bryussel sammitidagi chiqishi chog‘ida.
Merkel Kataloniya referendumini Ispaniyaning ichki ishi deb hisoblashini bildirdi.
Makron Ispaniya hukumatini qo‘llab-quvvatlashi haqidagi savolga “Doimo” deya javob berdi va mazkur sammit “qatnashchilarining Ispaniya masalasidagi yakdilligi bilan ajralib turishi”ni ma’lum qildi.
Izoh (0)