Xitoy rasmiylari partiya a’zolari va davlat xizmatchilariga nisbatan poraxo‘rlik hamda korrupsiyaning boshqa turlari yuzasidan 2,6 milliondan ortiq ish qo‘zg‘adi. Bu haqda Xitoy kommunistlar partiyasining intizomni tekshirish bo‘yicha markaziy komissiyasi kotibi o‘rinbosari Yan Syaodu ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Oxirgi 5 yil mobaynida 2,6 milliondan oshiq ishni o‘rgandik va 1,5 milliondan ortiq kishini jazoladik. 58 mingga yaqin ayblanuvchi sud oldida javob berdi”, — dedi u.
Mansabdorga ko‘ra, bu raqamlar partiya va davlat apparati saflarida korrupsiyaga qarshi faol kurash olib borilayotganidan dalolat beradi.
“Biz amaliy uslublarga tayanamiz, xatolardan xulosa chiqaramiz va ularni qaytarmaslikka harakat qilamiz. Buni ‘bemor’, ya’ni jamiyatni qutqarishga imkon beradigan profilaktikaga qiyoslash mumkin”, — ta’kidladi Yan Syaodu.
Izoh (0)