Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Valday” xalqaro munozara klubi yig‘ilishidagi chiqishi chog‘ida Qozog‘iston rahbari Nursulton Nazarboyevga Suriya bo‘yicha Ostona muzokaralarini tashkillashtirgani uchun minnatdorlik bildirdi. Bu haqda Kazakhstan Today xabar bermoqda.
“Suriyada vaziyatni izga solish va Ostona jarayoniga kelsak, Qozog‘iston va prezident Nazarboyevga biz hamda boshqa qatnashchilarga shunday maydon taqdim etilgani uchun minnatdorlik bildirmoqchiman. Bu juda qulay joy, chunki Qozog‘iston mintaqadagi murakkab ichki masalalarga hech qachon aralashmagan, aksincha, nufuzli vositachi hisoblanadi”, — dedi Rossiya yetakchisi.
Putin Ostonadagi muzokaralar doirasida Qozog‘iston prezidenti o‘z zimmasiga olgan mas’uliyatni e’tirof etib o‘tdi.
“Shunday paytlar bo‘ldiki, prezident Nazarboyev barcha mojaro tomonlari va kelishuv ishtirokchilarini muzokaralar stoli atrofida tutib turish uchun hatto ma’lum bir mas’uliyatni zimmasiga olishiga to‘g‘ri keldi. Bu juda ijobiy holat, buning uchun juda minnatdormiz”, — ta’kidladi Vladimir Putin.
Izoh (0)