Ukrainalik muxolif siyosatchi, Odessa viloyatining sobiq gubernatori Mixail Saakashvili o‘zining Facebook’dagi sahifasida uning hayotiga tahdid qilish ehtimoli mavjud ekanligi haqida yozib qoldirdi. Bu haqda “MK.ru” xabar bermoqda.
“Ukrainaning hozirgi boshqaruv elitasi vakillari mendan qutulish payida. Ular meni qiynoqqa solishi yoki deport qilishi mumkin. Hatto o‘ldirishi ham mumkin, bu muammo emas”, — deydi Saakashvili, bundan qo‘rqmasligini qo‘shimcha qilib.
Izoh (0)