Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xodimlari xalqaro qidiruvda bo‘lgan diniy-ekstremistik tashkilotlardan birining a’zosini hibsga oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Gumonlanuvchi ShHTga a’zo mamlakatlar maxsus xizmatlari tomonidan qidiruvda bo‘lgan, terrorchilik tashkilotlariga hamda ekstremistik faoliyatga aloqador bo‘lgan xorijiy davlatlar fuqarolarini aniqlash yuzasidan o‘tkazilgan antiterror tadbirlari chog‘ida ushlandi”, — deyiladi xabarda.
Uning ism-familiyasi hozircha oshkor qilinmagan. Shunisi aniqki, gumonlanuvchi 46 yoshda va u MDH davlatlaridan birining fuqarosi hisoblanadi.
“Aniqlanishicha, qo‘lga olingan shaxs uzoq muddat xorijda yashagan. U o‘sha yerda MDH davlatlari fuqarolarini terrorchilikka jalb qilish bilan shug‘ullangan”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)