Sochida o‘tkazilayotgan Skypark BASE days 2017 beysjamping festivalida 25 nafar parashyutchi belgilangan obyektdan sakrash bo‘yicha dunyo rekordini o‘rnatdi, deb xabar beradi TJournal.
Ekstremal sportchilar dara ustida joylashgan 240 metr balandlikdagi osma ko‘prikdan sakradi.
“Biz har yili qandaydir yangilik, murakkabroq bo‘lgan akrobatika va qiyinroq guruh sakrashlarini o‘ylab topamiz. Biz endilikda dara ustidan qo‘l ushlashib o‘ta olamiz va bir muddatdan so‘ng qo‘llarimizni qo‘yib yuborib, pastga sakrashimiz mumkin”, — deydi festival tashkilotchisi Nikolay Voropayev.
Izoh (0)