Dyusseldorf aeroportiga qo‘nayotgan A380 yo‘lovchi samolyotini “Ksavyer” dovuli uchirib ketdi. Havo kemasining qo‘nishi aks etgan video YouTube’dagi HvdH-Plane-Spotter kanaliga joylangan.
Videoning izohida yozilishicha, Emirates aviakompaniyasiga tegishli samolyot Dubaydan uchib kelayotgan edi. Havo kemasi uchish-qo‘nish yo‘lagiga qo‘ngach, shamol esayotgan tomonga qarab ketib qolgan. Uchuvchilar laynerni muvozanatga keltirishga muvaffaq bo‘lgan.
Yevropaga 5-oktabrda yopirilgan “Ksavyer” to‘foni oqibatida Germaniyada to‘rt kishi halok bo‘ldi.
Izoh (0)