Yaponiyaning Niigata prefekturasi aholisi g‘aroyib tabiat hodisasini tasvirga oldi. “RIA Novosti” xabariga ko‘ra, Dzyoetsu shahri ustida ilon shaklidagi bulut paydo bo‘lgan.
Videoda osmonda uzun ilonga o‘xshash bulut paydo bo‘lganini ko‘rish mumkin. Bir muddatdan so‘ng uzun bulut tarqala boshlagan va ko‘zdan g‘oyib bo‘lgan.
Bu turdagi tabiat hodisalari yomg‘ir bulutlaridan paydo bo‘ladi va yer yuzasiga yetib kelsa, tornadoga aylanishi mumkin.
Izoh (0)