Samarqandning Rudakiy (sobiq Titov) va Gagarin ko‘chalari kesishmasida yo‘lning bir qismi o‘pirilib tushdi. Hodisa oqibatida aks etgan suratlar ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan.
Xabar berishlaricha, hodisa 8-oktabr kuni tongda yuz bergan. Yo‘l qoplamasi nima sababdan o‘pirilib tushgani noma’lum. Hodisa oqibatida jabrlangan fuqarolar haqida ma’lumotlar yo‘q.
Ijtimoiy tarmoqlarda mazkur holatga hazil aralash fikr bildirgan foydalanuvchilar ko‘plab topiladi. Xususan, “Shahar o‘rtasida basseyn”, “Samarqandda tramvay yo‘lidan so‘ng metro qurilishi boshlandi”, “Meteorit qoldirgan iz” qabilidagi fikrlarni ko‘plab uchratish mumkin.
Izoh (0)