Kataloniya parlamenti 9-oktabr, dushanba kuni avtonomiya mustaqilligi masalasini muhokama etish uchun to‘planadi. Bu haqda Kataloniya hukumati tashqi ishlar departamenti rahbari Raul Romeva ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Parlament to‘planib, ushbu masalani ko‘rib chiqadi. O‘ta muhim muhokama bo‘lib o‘tadi”, — dedi Romeva.
Oldinroq Kataloniya sotsialistlari Ispaniya Konstitutsiyaviy sudiga hukmron ko‘pchilik mustaqillikni bir tomonlama e’lon qilgan taqdirda qirollikning asosiy qonunini qo‘pol ravishda buzishi, shuningdek, bunga qarshi chiqayotgan deputatlar huquqini poymol etishi bayon qilingan shikoyat yo‘llagandi.
Konstitutsiyaviy sud mazkur da’voni qabul qildi. Natijada avtonomiya parlamentining 9-oktabrda mustaqillik masalasida yig‘ilish o‘tkazish qarorining amal qilishi o‘z-o‘zidan to‘xtatildi.
Izoh (0)